10.05.2025
Reading time: 1 min

Xarley-Davidson kelasi mavsumda MotoGP taqvimiga qo’shilishga tayyor

Xarley-Davidson kelasi mavsumda MotoGP taqvimiga qo’shilishga tayyor

Motorsport.com ma’lumotiga ko’ra, MotoGP Jahon chempionati tashkilotchilari Xarley-Davidson bilan kelasi mavsum grand-pri taqvimiga chempionatiga kiritish bo’yicha kelishuvga erishdi.

Yangi poyga seriyasi yetti bosqichdan iborat bo’lib — har bir bosqichda ikkita poyga o’tkaziladi. Ushbu chempionat Xalqaro Mototsikl Federatsiyasi (FIM) homiyligida o’tkaziladimi yoki yo’qligi hali noma’lum.

Ostindagi (Texas) Americas avtodromida (COTA) bu yil boshida muvaffaqiyatli o’tkazilgan Xarley-Davidson ko’rgazmali poygasidan so’ng, mazkur joy asosiy maydonlardan biri sifatida tasdiqlandi. Poyga hafta oxiri formati quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Bitta erkin mashg’ulot sessiyasi
  • Start pozitsiyalarini aniqlash uchun kvalifikatsiya sessiyasi
  • Ikkita poyga – shanba va yakshanba kunlari

Sakkizta jamoa ikki nafardan haydovchi bilan ishtirok etadi — jami 16 mototsikl. Chempionatning rasmiy tanishtiruvi shu hafta oxirida bo’lishi kutilmoqda.