10.05.2025
Reading time: 1 min

Xabi Alonso Bayer Leverkusenni tark etib, Real Madridga yo’l olishini e’lon qildi

Xabi Alonso Bayer Leverkusenni tark etib, Real Madridga yo’l olishini e’lon qildi

Xabi Alonso Bundesliga klubi bilan ikki yarim yillik hamkorlikdan so’ng, joriy mavsum yakunida Bayer Leverkusen bosh murabbiyi lavozimini tark etishini rasman e’lon qildi.

“Shu hafta klub bilan men Bayer Leverkusen bosh murabbiyi sifatida oxirgi ikki o’yinimni o’tkazishga kelishib oldik. Bu turli his-tuyg’ularga to’la lahza,” deya Alonso klubning rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

BayArenani tark etgandan so’ng, ispaniyalik murabbiy kelajagi noaniq bo’lgan Karlo Anchelotti o’rniga — Real Madridda faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.