13.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi — Bild

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi — Bild

Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish taklifini rad etdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi. Avvalroq, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi germaniyalik mutaxassis bilan muzokara boshlagani haqida xabar berilgandi.

Manbaga ko‘ra, Lyov taklifni bir necha kun jiddiy o‘ylab ko‘rgan, biroq muloyimlik bilan rad etishga qaror qilgan. Tomonlar o’rtasidagi uchrashuv hech qachon bo’lmagan.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. Jamoa JCh-2026 final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Lyov 2006-2021-yillarda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan.Uning qo‘l ostida jamoa 2014-yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati va 2017-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogida g‘olib chiqqan. 2021 yildan buyon mutaxassis hech qaysi jamoada ishlamagan.