01.09.2025
O'qish vaqti: 1 min

Yelena Ribakina turnirdan chiqib ketdi

Yelena Ribakina turnirdan chiqib ketdi

US Open-2025 musobaqasida qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina to‘rtinchi davra bosqichida chexiyalik Marketa Vondrushovaga 4:6, 7:5, 2:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

O‘yin Ribakina uchun omadsiz boshlandi: birinchi setda Vondrushova to‘pni qabul qilishda ustunlik qildi va breyk-ochkolarni o‘ynashda imkoniyatlardan unumli foydalandi. Ikkinchi setda Elena o‘yin uslubini o‘zgartirishga erishdi, podachani kuchaytirdi va orqa liniyada hujumkorlikni oshirdi, natijada setni 7:5 hisobida yutib, umumiy hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, hal qiluvchi partiya yana Vondrushovaning foydasiga hal bo‘ldi: 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, u o‘zining birinchi marta US Open chorak finaliga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Chorak-finalda Marketa amaldagi chempion va dunyoning birinchi raqamli raketkasi, Arina Sabalenka bilan to’qnash keladi!