12.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Yannik Sinner ketma-ket to’rtinchi marta “Katta dubulg’a” finaliga chiqdi

Yannik Sinner ketma-ket to’rtinchi marta “Katta dubulg’a” finaliga chiqdi

Dunyoning 1-raqamli italiyalik tennischisi Yannik Sinner ketma-ket to‘rtinchi marta “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir finalida ishtirok etadi. U bu muvaffaqiyatga erishgan tarixdagi eng yosh tennischiga aylandi.

11-iyul kuni Sinner “Uimbldon-2025” yarim finalida serbiyalik Novak Jokovichni 6:3, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

23 yoshli Sinner 2024 yilgi AQSh ochiq chempionati (finalda amerikalik Teylor Fritsni mag’lub etgan) va 2025 yilgi Avstraliya ochiq chempionatida (germaniyalik Aleksandr Zverevni mag’lub etgan) chempionlikni qo’lga kiritdi.

Rolan Garros 2025 da italiyalik dramatik finalda ispaniyalik Karlos Alkarasga yutqazdi.