14.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Yannik Sinner finalda Karlos Alkarasni mag’lub etib, Uimbldon 2025 g’olibi bo’ldi

Yannik Sinner finalda Karlos Alkarasni mag’lub etib, Uimbldon 2025 g’olibi bo’ldi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinner “Uimbldon-2025” turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Finalda u ikkinchi o‘rindagi ispaniyalik Karlos Alkarasni 4:6, 6:4, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 3 soat 6 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Sinner sakkizta eysga amalga oshirdi, ikkita qo‘sh xato qildi va to‘qqizta breyk-poyntdan to‘rttasini ochkoga aylantirdi. Alkaras 15 ta eys, 7 ta qo’sh xato va oltita breyk-poyntdan ikkitasini yuta oldi.

23 yoshli Yannik Sinner to’rtinchi bor “Katta dubulg’a” turnirlarining chempioni bo’ldi. Uimbldondagi chempionlik unvoni uning professional faoliyatidagi 20-chi bo’ldi.