12.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Xolger Rune Mishelsenni ikki setda mag’lub etib, Tsintsinnatidagi turnitning 1/8 finaliga chiqdi

Xolger Rune Mishelsenni ikki setda mag’lub etib, Tsintsinnatidagi turnitning 1/8 finaliga chiqdi

Dunyoning to‘qqizinchi raketkasi daniyalik tennischi Xolger Rune Stinstinnatida (AQSh) “Masters” turkumiga kiruvchi turnirning 1/8 finaliga chiqdi.

Uchinchi davra bahsida Rune (7) dunyoning 33-raketkasi AQSH 20 yoshli Aleks Mishelsenni (28) 7:6 (7:4), 6:3 hisobida mag’lub etdi.

Rune va Mishelsen o’rtasidagi uchrashuv 1 soat 35 daqiqa davom etdi. Bahs davomida daniyalik to’qqiz marta eys qildi, to’rtta qo’sh xatoga yo’l qo’ydi va olingan oltita breykdan ikkitasini yuta oldi. Amerikalik uch eys, uchta qo’shaloq xato va yagona breykdan foydalana olmadi.

Tsintsinnatidagi turnirning chorak finali yo’llanmasi uchun Rune Frensis Tiafo (AQSh, 10) – Ugo Xumbert (Fransiya, 20) uchrashuvi g’olibi bilan o’ynaydi.