23.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Xabi Alonso Klub jahon kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan so’ng Real Madrid beshta o’yinchisini haydashga tahdid qildi

Xabi Alonso Klub jahon kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan so’ng Real Madrid beshta o’yinchisini haydashga tahdid qildi

Marka xabar berishicha, Real Madrid murabbiyi Xabi Alonso 2025-yilgi Klub jahon kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan so’ng o’yin ko’rsatkichlarini yaxshilay olmagan beshta o’yinchini jamoadan chetlatish bilan tahdid qilmoqda.

Los Blancos yarim finalda Pari Sen-Jermendan 0:4 hisobida og’ir mag’lubiyatga uchradi. Xabi Alonso turnir davomida bir necha o’yinchilarning mehnat intizomidan norozi bo’lib, keng ko’lamli baholash o’tkazdi.

E’tibor markazida bo’lgan o’yinchilardan biri Rodrygo — braziliyalik hujumchi guruh bosqichining birinchi o’yinidagina asosiy tarkibda maydonga tushdi. Keyinchalik, u besh o’yin davomida jami 30 daqiqa o’ynadi va Pachuka, Yuventus hamda PSJga qarshi o’yinlarda umuman maydonga tushmadi.

-->