10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Williams F1 rahbari James Vowles ikkinchi farzandli bo’ldi

Williams F1 rahbari James Vowles ikkinchi farzandli bo’ldi

Williams Formula 1 jamoasi rahbari James Vowles va uning rafiqasi, yetakchi jarroh Rachel Rolph ikkinchi farzandlarini kutib olishdi.

“Dunyoga xush kelibsan, kichkintoy! Rachel va chaqaloq sog’lom va baxtli,” deya ijtimoiy tarmoqlarda yozdi Vowles.

Juftlik allaqachon 19 oylik Elodie ismli qizga ega. Rachel Rolph Buyuk Britaniyaning eng yaxshi jarrohlari qatoriga kiradi — ko’krak saratoni diagnostikasi va jarrohligiga ixtisoslashgan.

Tug’ilish Britaniya Gran-prisi hafta oxiriga to’g’ri kelishi mumkin edi, ammo Vowles zarur bo’lganda Silverstone trassasini tark etish uchun zaxira rejalarni, jumladan, kutish rejimidagi vertolyotlarni tayyorlab qo’ygan edi.

Musobaqa jihatidan Williams hozirda konstruktorlar hisobida 59 ochko bilan beshinchi o’rinda turubdi — Silverstone poygasidan so’ng 41 ochko to’plagan Sauberdan oldinda.