06.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Vulverxempton Napoliga o’tishga intilayotgan Sanchesni nishonga oldi

Vulverxempton Napoliga o’tishga intilayotgan Sanchesni nishonga oldi

“Sevilya” tarkibidan “Napoli”ga o’tishi mumkin bo’lgan Xuanlu Sanches “Vulverxempton”ning e’tiboriga tushdi  – deb xabar beradi Sky Italy.

“Napoli” o’ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash umidida “Sevilya” bilan bir oydan ko’proq vaqt davomida muzokaralar olib borayotgan bo’lsa ham “Vulverxempton” futbolshini tarkibiga qo’shib olish haqida o’ylamoqda.

Biroq, Sanches “Sevilya”ga yana bir bor “Napoli”ga o’tishni istayotganini va ikki klub o’rtasidagi baholardagi tafovutni yo’qotishga yordam berishga harakat qilayotganini aytdi.

Italiya chempioni “Sevilya”ga 14 million funtga yaqin (16 million yevro) va bonuslar taklif qilmoqda.