13.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Viktor Gyokeres mashg’ulotlarni rad etdi – Arsenal hujumchini bepul olishi mumkin

Viktor Gyokeres mashg’ulotlarni rad etdi – Arsenal hujumchini bepul olishi mumkin

Football London xabar berishicha, Viktor Gyokeres yozgi transfer oynasida Arsenalga bepul o’tishi mumkin — bu vaziyat hujumchi va Sporting CP o’rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keldi.

Londonliklar 65 million evro asosiy to’lov va 15 million evro bonus bilan jami 80 million evrolik taklif kiritgan. Biroq, Portugal klubi boshqacha to’lov tizimini talab qilmoqda — 70 million evro asosiy to’lov va 10 million evro bonus ko’rinishida.

Narxlardagi bu tafovut muzokara jarayonini murakkablashtirdi — Gyokeres bunga javoban Sporting CP bilan mashg’ulotlar va mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.