24.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Verstappen Xornerning ketishidan so’ng Red Bulldagi kelajagi haqida gapirdi

Verstappen Xornerning ketishidan so’ng Red Bulldagi kelajagi haqida gapirdi

Maks Verstappen Kristian Xornerning Red Bull rahbarlik lavozimidan ketishi — Formula 1 jamoasidagi kelajagiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

Red Bullni sakkizta haydovchilar va oltita konstruktorlar chempionati bilan yuqori darajali jamoaga aylantirgan 20 yildan so’ng — Xorner Britaniya Gran-prisidan bir necha kun o’tgach bosh murabbiy va CEO lavozimidan chetlashtirildi.

Xornerning o’rniga tayinlangan Loran Mekis Verstappendan ijobiy baho oldi. “U juda yoqimli va aqlli inson. F1ning turli sohalaridagi tajribasi juda foydali bo’lishi mumkin — u juda g’ayratli va men bu olovni yaxshi ko’raman,” dedi gollandiyalik haydovchi.

“Men hozirgi holatimdan juda xursandman. Yangi shartnomani imzolaganimizda umid va maqsadimiz — karieramning oxirigacha shu yerda poyga qilish edi,” dedi Verstappen.

2028 yilgacha shartnoma tugashidan oldin ketish imkonini beruvchi bandlarga qaramay — Verstappen Xorner bilan munosabatlari yaxshi ekanligini ta’kidladi. “U hamon ikkinchi oilam, garchi poygalar paytida trasada bo’lmasa ham,” deya qo’shimcha qildi.

-->