20.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

US Open (mikst): Alkaras va Radukanu ilk uchrashuvdayoq musobaqani tark etdi

US Open (mikst): Alkaras va Radukanu ilk uchrashuvdayoq musobaqani tark etdi

Uzoq kutilgan juftlik mag’lubiyatga uchradi. Britaniyalik Emma Radukanu va ispaniyalik Karlos Alkaras US Open 2025 mikst-turnirida chorak finalga yo‘l ola olmadilar. Startdagi o‘yinda ular amerikalik-britaniyalik duet Jessika Pegula / Jek Dreyperga qarshi 2:4, 2:4 hisobida yutqazdi.

Uchrashuv 51 daqiqa davom etdi. Statistikaga ko‘ra, Pegula/Dreper juftligi raqiblaridan ustunroq o‘ynadi:

Ko‘rsatkich Pegula / Dreper Radukanu / Alkaras
Eyslar 2 1
Ikkitalik xatolar 0 2
Breyklar 2 0
Umumiy yutgan ochkolar 40 29

US Open-2025 mikst turnirida yarim finalga chiqqan juftliklar ham ma’lum bo‘ldi. Endi g‘alaba uchun kurashni amerikalik Daniyel Kollinz va Kristian Xarrison tandemi italiyalik Sara Errani va Andrea Vavasoriga qarshi davom ettiradi. Ikkinchi yarim finalda esa birinchi raqam ostida ishtirok etayotgan Jessika Pegula va Jek Dreyper juftligi uchinchi raqamli duet — Iga Shvyontek va Kasper Ruud bilan to‘qnash keladi. Shu tariqa, turnir finaliga chiqish uchun ham amerikalik duetlar, ham Yevropa yulduzlari o‘rtasida keskin janglar kutilmoqda.