25.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

US Open Medvedev-Bonzi uchrashuvida kortga chiqqan fotografning akkreditatsiyasini bekor qildi

US Open Medvedev-Bonzi uchrashuvida kortga chiqqan fotografning akkreditatsiyasini bekor qildi

US Open tashkilotchilari rossiyalik Daniil Medvedev va fransiyalik tennischi Benjamin Bonzi o‘rtasidagi US Open-2025 birinchi davra uchrashuviga aralashgan fotografning akkreditatsiyasini bekor qildi, deb xabar berdi jurnalist Ben Rotenberg X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida. Medvedev uchrashuvda 3:6, 5:7, 7:6 (7:5), 6:0, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Hodisa uchinchi setda 5:4 hisobida fransuzning matchbolga yaqin paytida sodir bo’ldi. Bonzi to’pni o’yinga qo’shgandan so’ng, fotograf o’yin tugagan deb qaror qildi va kortga yugurdi. Hakam fransuzga birinchi zarbani boshidan yo’lladh kerak deb qaytardi va bu Medvedevning noroziligiga sabab bo’ldi. Rossiyalik hakamni o‘yinni tezroq yakunlashga urinayotganlikda ayblab, u bilan janjallashdi. Tribunadagi muxlislar Medvedevni hushtaklar orqali qo’llab-quvvatladi.

Benjamin Bonzi US Open 2025 turnirining ikkinchi davrasida amerikalik tennischi Markos Jironga qarshi kortga chiqadi.