01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Uimbldon-2025″ning birinchi kuni turnir tarixidagi eng issiq kun bo’ldi

“Uimbldon-2025″ning birinchi kuni turnir tarixidagi eng issiq kun bo’ldi

“Uimbldon-2025”ning birinchi kuni “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi chimli kort turniri tarixidagi eng issiq ochilish kuni bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tennis Channel.

2025-yil 30-iyun kuni Selsiy bo‘yicha 32,3 daraja issiq mutlaq rekord o‘rnatdi. Uimbldonning birinchi kunidagi avvalgi harorat rekordi 2001 yilda o‘rnatilgan, o‘shanda termometr Selsiy bo‘yicha 29,3 darajaga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi besh karra chempion va dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Karlos Alkaras va dunyoning 138-raqamli italiyalik Fabio Fognini o‘rtasidagi “Uimbldon-2025”ning birinchi davrasidagi uchrashuvining beshinchi setida tomoshabinlardan biri betob bo‘lgan va shu sabab uchrashuv to‘xtatilgan edi.