15.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Udinese Jay Idzes uchun transfer rekordini yangilashga tayyor

Udinese Jay Idzes uchun transfer rekordini yangilashga tayyor

Messaggero Veneto xabar berishicha, Udinese Indoneziya milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi — Jay Idzesga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O’tgan mavsumda Serie Ada 12-o’rinni egallagan klub AC Milan yoki Leeds Unitedga o’tishi kutilayotgan Jaka Bijol o’rniga yangi himoyachi qidirmoqda.

Le Zebrette Veneziya futbolchisini transfer qilish uchun 25 million yevro sarflashga tayyor — bu klubning transfer rekordiga aylanadi.

Jay Idzesning Veneziyadagi ajoyib o’yini jamoasi Serie Bga tushib ketganiga qaramay, bir qator Yevropa klublarining e’tiborini tortdi.

-->