26.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Teylor Frits Joau Fonsekani mag’lub etib, Istbournda chorak finaliga chiqdi

Teylor Frits Joau Fonsekani mag’lub etib, Istbournda chorak finaliga chiqdi

Dunyoning beshinchi raketkasi amerikalik tennischi Teylor Frits Istbourn (Birlashgan Qirollik) shahrida o’tayotgan ATP-250 chimli turnirining chorak finaliga chiqdi. 1/8 final uchrashuvida u dunyoning 57-pog‘onasida joylashgan tennischi 18 yoshli braziliyalik Joao Fonsekani uch setda mag‘lub etdi – 6:3, 6:7 (5:7), 7:5.