23.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Transferga qo’yilgan Rabyo Manchester Yunaytedga taklif qilindi – Romano

Transferga qo’yilgan Rabyo Manchester Yunaytedga taklif qilindi – Romano

“Manchester Yunayted”ga jamoadoshi Jonatan Rou bilan mojarodan so’ng Frantsiya jamoasi tomonidan transferga qo’yilgan “Marsel”ning 30 yoshli yarim himoyachisi Adrien Rabyo taklif qilinishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romanoning YouTube kanaliga tayanib, Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko’ra, “Marsel” futbolchini 15-20 million yevroga baholamoqda. “Qizil iblislar”dan tashqari, Rabyo boshqa ko’plab klublarga taklif qilinishi mumkin. Biroq, hozircha vaziyat noaniqligicha qolmoqda.

Rabyo “Marsel”da 2024 yilning sentabridan buyon o’ynamoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.