07.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Transfer bozori: Liverpul Virtz bilan kelishmoqda, Leao Milandan ketmoqchi

Transfer bozori: Liverpul Virtz bilan kelishmoqda, Leao Milandan ketmoqchi

Sky Sport Deutschland ma’lumotiga ko’ra, Liverpul va Bayer Leverkusen bilan Florian Virtz transferi bo’yicha kelishuvga yaqinlashmoqda — umumiy transfer qiymati bonuslar bilan 150 million yevroni tashkil qiladi.

Rafael Leao yozda ketish niyatini AC Milanga ma’lum qildi. Bavariya Myunxen 25 yoshli portugaliyalik qanotchi futbolchiga qiziqish bildirmoqda — Milan minimal 70 million yevro narx belgilagan.

Al Hilol Victor Osimhen bilan kelishuvga erishdi, ammo ularning 70 million yevrolik taklifi Napolining talabidan 5 million yevro kam. Klubning yangi murabbiyi Simone Inzagi Milanning himoyachisi Teo Errnandez bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langan.

Fenerbahche Bavariya Myunxen qanot futbolchisi Leroy Sanega yiliga 15 million yevro sof maosh taklif qilishga tayyor. Galatasaray ham 10-12 million yevro oralig’ida taklif qilgan, Arsenal va Saudiya Pro-ligasi klublari ham variant sifatida qolmoqda.

Nyukasl Yunayted Nottingem Forestdan Antony Elangani so’rab murojaat qildi — klub 23 yoshli qanotchi uchun 50 million funt sterlingdan ortiq summa talab qilmoqda, uning shartnomasi yana uch yil davom etadi.

-->