22.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Tottenxem yarim himoyachisi Kulushevski jarohati tufayli 2026 yilgacha maydonga tushmaydi – The Guardian

Tottenxem yarim himoyachisi Kulushevski jarohati tufayli 2026 yilgacha maydonga tushmaydi – The Guardian

Londonning  “Tottenxem” klubining shvetsyalik yarim himoyachisi Deyan Kulushevski kelasi kalendar yiligacha jamoasiga yordam bera olmaydi. The Guardian xabariga ko’ra, futbolchining o’tgan mavsum yakunini o’tkazib yuborgan tizzasidagi jarohati dastlab kutilganidan jiddiyroq bo’lib chiqdi.

Eslatib o’tamiz, mavsumoldi mashg’ulotlarida “Tottenxem”ning yana bir hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Meddison tizzasidan jarohat oldi, u ham 2026 yilgacha poytaxt jamoasida o’ynamaydi. Shu tariqa, “shporlar” birdaniga ikkita hujumkor futbolchisiz qoldi.

Qayd etilishicha, vaziyat klubning transfer bozoridagi ishlari bilan ham murakkablashmoqda. Manbaga ko’ra, “Tottenxem” yozgi transfer oynasida jarohat olgan futbolchilarni almashtirish uchun “Kristal Pelas”dan Eberechi Eze va “Nottingem Forest”dan Morgan Gibbs-Uaytni o’tkazib yuborgan.