23.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Tottenxem Savio transferi uchun Manchester Sitiga 70 million yevrodan ko’proq pul taklif qilishga tayyor

Tottenxem Savio transferi uchun Manchester Sitiga 70 million yevrodan ko’proq pul taklif qilishga tayyor

“Tottenxem” vinger Savio transferi bo’yicha “Manchester Siti”ga taklifini yaxshilash niyatida. London klubi futbolchining transferi uchun 70 million yevrodan ko’proq pul to’lashga tayyor. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manba bergan xabarga ko’ra, “shporlar” 23 avgust, shanba kuni bo’lib o’tadigan Angliya chempionatining 2-turi doirasidagi o’zaro o’yindan so’ng “shaharliklar”ga ushbu taklifni berishga hozirlik ko’rmoqda.

Savio 2024 yilning yozida «Manchester Siti» futbolchisiga aylandi. Bu davrda hujumchi barcha turnirlarda 48ta uchrashuvda qatnashib, 3ta gol urdi va 13ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.