07.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Tottenxem Maddisonning jiddiy jarohati borligini e’lon qildi, futbolchi operatsiya qilinadi

Tottenxem Maddisonning jiddiy jarohati borligini e’lon qildi, futbolchi operatsiya qilinadi

“Tottenxem” o’zining rasmiy saytida Jeyms Maddison jiddiy jarohat olganini e’lon qildi. Futbolchining tizzasidagi xoch bog‘lami yirtilgani aniqlangan va u operatsiya qilinadi. Angliyalik yarim himoyachi Gonkongda “Nyukasl” bilan o’rtoqlik uchrashuvida (1:1) tizzasidan jarohat oldi.

«Jeyms Maddison o’ng tizzasidagi oldingi xoch bog’lami yirtilgani sababli operatsiya qilinishini tasdiqlashimiz mumkin.

Jeyms yaqin kunlarda operatsiya qilinadi va shundan so’ng tibbiy guruhimiz rahbarligida reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Klubdagilarning barchasi Jeymsning to’liq va tezroq tuzalib ketishini tilaydi. Biz uni har qadamda qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi klub bayonotida.

“Shporlar” uchun yangi mavsum UEFA Superkubogi uchun “PSJ”ga qarshi o’yin bilan boshlanadi. O’yin 13 avgust kuni Italiyaning Udine shahridagi “Bluenergy” stadionida bo’lib o’tadi.