17.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Tommi Pol Vashingtondagi ATP-500 turniridan chiqarildi

Tommi Pol Vashingtondagi ATP-500 turniridan chiqarildi

Dunyoning 16-raketkasi, amerikalik tennischi Tommi Pol Vashingtonda bo’lib o’tayotgan ATP-500 toifasidagi og’ir turnirni tark etdi. Asosiy to’rda uning o’rnini hamyurti, dunyoning 66-raketkasi Reyli Opelka egallaydi.

Avvalroq, chexiyalik ikki tennischi – Yakub Menshik (dunyo reytingida 17-o‘rin) va Tomas Maxak (22-o‘rin) turnirda ishtirok etishdan bosh tortishi haqida ma’lum qilgandi. Agar yana bir tennischi AQSh poytaxtidagi musobaqani tark etsa, asosiy to’rda uning o’rnini Roman Safiullin egallaydi.

Vashingtondagi turnir 21-27 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada rossiyalik tennischilar Andrey Rublev va Daniil Medvedev, shuningdek, amerikalik Teylor Frits va Ben Shelton, italiyalik Lorenzo Musetti, avstraliyalik Aleks de Minaur va Nik Kirgios va boshqa taniqli tennischilar ishtirok etishadi.

-->