07.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Tomas Myuller Vankuver Uitekeps futbolchisiga aylandi

Tomas Myuller Vankuver Uitekeps futbolchisiga aylandi

“Bavariya”ning sobiq hujumchisi Tomas Myuller MLS a’zosi “Vankuver Uitekaps” jamoasiga qo’shildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchining yangi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o’z ichiga oladi.

35 yoshli futbolchi 2025 yilning yozida klublar o’rtasidagi jahon chempionati yakunlanganidan so’ng “Bavariya”ni tark etgandi. Myuller myunxenliklar safida barcha musobaqalarda jami 756 ta o‘yin o‘tkazib, 250 ta gol urdi va 276 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Myunxen jamoasi tarkibida Myuller 33 ta sovrinni qo’lga kiritdi, shu jumladan, ikkita Chempionlar ligasi sovrini. Bundan tashqari, germaniyalik futbolchi 2014 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.