28.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Tyerry Anri Artetaning Arsenalidan xavotirda

Tyerry Anri Artetaning Arsenalidan xavotirda

Arsenal afsonasi Tyerry Anri Mikel Arteta rahbarligidagi Kononirlar faoliyati haqida o’z fikrini bildirdi. Uning fikri bo’yicha yakunlangan mavsum kamida bitta kubok bilan yakunlanishi kerak edi.

“Men Arsenaldan ko’nglim to’lmayapti demayman, lekin odamlarning jamoa nima qilayotgani haqida savol berishlari tabiiy,” deya ta’kidladi Anri Stick to Football podkastida.

Fransiyalik sobiq hujumchi har bir murabbiyga vaqt kerakligini va o’z rejasiga muvofiq jamoa tuzish uchun kamida uch-to’rt transfer oynasi zarurligini ta’kidladi.

Arsenal Premier-ligada ketma-ket uch mavsumni ikkinchi o’rinda yakunlab, barqarorlik ko’rsatdi, jumladan 2023-24 yilda 89 ochko to’pladi. Ular shuningdek, bu mavsumda Chempionlar ligasi va Karabao kubogi yarim finaliga chiqishdi.

“Hamma ustidan kulayotgan Manchester Yunayted so’nggi besh yilda beshta finalda o’ynadi, Arsenal esa uch yillik qurilish davrida bitta ham finalga chiqa olmadi,” deya qo’shimcha qildi Anri.

-->