15.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Tiago Almada Atletiko Madridda Messining “qo’riqchisi”ni almashtirmoqda

Tiago Almada Atletiko Madridda Messining “qo’riqchisi”ni almashtirmoqda

Atletiko Madrid yozgi mavsumda Inter Mayamiga o’tishi kutilayotgan argentina yarim himoyachisi — Rodrigo De Paulning o’rnini to’ldirishga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Tiago Almada Los Rojiblankosnning klubdagi Argentina sulolasini saqlab qolish uchun asosiy nishoni bo’ldi. De Paulning Inter Mayami bilan transfer muzokaralari yakuniy bosqichga kirdi, bunda Lionel Messining mavjudligi uning ko’chishiga asosiy sabab bo’ldi.

Argentina terma jamoasida Messining sodiq “qo’riqchisi” sifatida tanilgan De Paul — maydonda La Pulganing asosiy himoyachisi bo’lib kelgan. Ularning shaxsiy munosabatlari ham 31 yoshli yarim himoyachining Inter Mayamini tanlashiga kuchli sabab bo’ldi.