17.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Stefano Pioli Al Nassrni tark etib, Fiorentinaga qaytdi

Stefano Pioli Al Nassrni tark etib, Fiorentinaga qaytdi

Stefano Pioli Kristiano Ronaldo o’ynaydigan Al Nassrni rasman tark etib — Italiyaga Fiorentina bosh murabbiyi sifatida qaytdi.

59 yoshli murabbiy avvalroq 2024-yil sentyabrda mavsumning boshida yomon natijalar tufayli ishdan bo’shatilgan Luis Kastroning o’rniga Al Nassrga qo’shilgan edi. Biroq, Saudiya Arabistoni klubini to’qqiz oy boshqargandan so’ng, Pioli shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga qaror qildi.

Stefano Pioli endi 2017-2019 yillarda murabbiylik qilgan klubi — Fiorentina bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Kecha chorshanba kuni uning La Violaning yangi murabbiyi sifatida rasmiy taqdimoti bo’lib o’tdi.

-->