19.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Socceroos yosh iste’dodi Nestory Irankunda Watford bilan besh yillik shartnoma imzoladi

Socceroos yosh iste’dodi Nestory Irankunda Watford bilan besh yillik shartnoma imzoladi

Watfordning rasmiy sayti ma’lumotiga ko’ra, Avstraliya milliy terma jamoasining yosh iste’dodi Nestory Irankunda Angliya Championship klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Watfordning sport direktori Gian Luka Nani 19 yoshli futbolchini jamoaga qo’shilganidan faxrlanib:

“Nestory juda ko’p klublar e’tiborini tortgan edi va skautlik tarmog’imiz tufayli biz boshqalardan oldinda bo’ldik. Bunday imkoniyatlar paydo bo’lganda tez harakat qila oldik.”

O’zining mashxur orqaga saldo urib nishonlashi bilan tanilgan futbolchi avvalroq Bayern Myunxen safida o’ynagan, ammo maydon vaqti cheklangan edi. Bayernning ikkinchi jamoasida 15 ta o’yinda 4 ta gol urgan, so’ng Grasshopper Club Zurixga ijaraga berilgan.

Irankunda o’z faoliyatini Adelaide United jamoasida boshlagan — 61 ta o’yinda 16 ta gol urib, o’tgan mavsumda A-Liga Yilning eng yaxshi yosh o’yinchisi unvonini qo’lga kiritgan. Avstraliya milliy terma jamoasida 5 ta o’yin o’tkazib, Falastin darvozasiga ilk golini urgan.

-->