11.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Sobiq meva sotuvchisi Argentinani Kolumbiyaga qarshi mag’lubiyatdan qutqardi

Sobiq meva sotuvchisi Argentinani Kolumbiyaga qarshi mag’lubiyatdan qutqardi

Tiago Almada — sobiq ko’chma meva sotuvchisi Estadio Monumentalda CONMEBOL mintaqasi 2026 yil Jahon chempionati saralash o’yinida Argentina terma jamoasining qutqaruvchisiga aylandi.

Lionel Skaloni jamoasi mehmonlarga yutqazib turgan payitda Almadaning tenglashtiruvchi goli tufayli 1:1 hisobidagi durang bilan qanoatlanishga majbur bo’ldi.

Argentina o’yin boshidan ustunlikni namoyish etdi. To’rtinchi daqiqada Enzo Fernandes jarima maydonida imkoniyat yaratdi — ammo uning zarbasi nishondan chetga ketdi.

Xulian Alvares ham uzoq masofadan omadini sinab ko’rdi — afsuski, uning zarbasi Kolumbiya darvozaboni tomonidan bartaraf etildi.

-->