21.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Shviontek va Rudd aralash juftliklar finalida Errani va Vavassoriga US Open 2025 chempionligini boy berdi

Shviontek va Rudd aralash juftliklar finalida Errani va Vavassoriga US Open 2025 chempionligini boy berdi

Italiyalik duet Sara Errani va Andrea Vavassori US Open-2025 turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahsida ular Polsha-Norvegiya juftligi Iga Shvyontek (Polsha)/Kasper Ruud (Norvegiya) juftligini 6:3, 5:7, 1:0 (10:6) hisobida mag‘lub etishdi. Musobaqaning mukofot jamg’armasi 90 million dollarni tashkil etdi.

Uchrashuv 1 soat 31 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Errani va Vavassori to’rtta eys bajarishdi, ikkita qo’sh xato qilishdi va beshta breyk-poyntdan uchtasini yuta olsishdi. Ularning raqiblari ikkita eys, to’rtta qo’sh xato va uchta breykdan uchtasini o’z foydalariga hal qilishdi.

US Open 2025 turnirining asosiy o‘yinlari 24 avgustdan 7 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida amaldagi chempion italiyalik Yannik Sinner hisoblanadi.