22.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Shnayder uchunchi setda 1:5 hisobida yutqazishiga qaramay Mertensni mag’lub etib yarim finalga yo’l oldi

Shnayder uchunchi setda 1:5 hisobida yutqazishiga qaramay Mertensni mag’lub etib yarim finalga yo’l oldi

Dunyoning 22-raqami 21 yoshli rossiyalik tennischi Diana Shnayder Meksikaning Monterrey shahrida o’tkazilayotgan WTA-500 turnirining yarim finaliga chiqdi. U chorak final bahsida reytingda 21-o‘rinni egallagan belgiyalik 29 yoshli sportchi Elise Mertensni 3:6, 7:6 (9:7), 7:6 (7:4) hisobida mag’lubiyatga uchratib irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv 3 soatu 2 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Shnayder bitta eys amalga oshirdi, to’rtta qo’sh xato qildi va 10 ta breyk-poyntdan 3 tasini o’z foydasiga hal qildi. Mertens 10 ta eys, 5 ta qo’sh xato va 12 ta breykdan 5 tasini yutib oldi.

Shnayder Monterreydagi turnirning navbatdagi bosqichida amerikalik 24 yoshli Alisiya Parks (71 raketka) va reytingning 38-raqami, Slovakiyaning 28 yoshli vakili Rebekka Sramkova o’rtasidagi uchrashuv g’olibi bilan uchrashadi.