28.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Shavkat Rahmonov UFCdagi navbatdagi jangini qachon o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

Shavkat Rahmonov UFCdagi navbatdagi jangini qachon o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

Yengil vazn toifasida birorta ham jangda yengilmagan UFC reytingining uchinchi raqami bo‘lgan qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov Shimoliy Amerika ligasida navbatdagi jangini qachon o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi va raqibi nomiga ahamiyat bermasligini ta’kidladi.

“Hozirda jarohatimni davolayapman. Yil oxirigacha, noyabr yoki dekabrda qaytishni xohlayman. Agar o’zimni yaxshi his qilsam, tayyor bo’laman. Kim bilan jang qilishni xohlardim? Hozir Islom va Jek Della Maddalena o’rtasidagi chempionlik jangi. Xo’sh, men uchun [ulardan qaysi biri bilan kurashish] muhim emas. Biz da’vogarning jangini tashkil qilishimiz mumkin. Eng muhimi, men chiqishga tayyorman”, dedi Rahmonov UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

 

-->