28.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Saul Alvares nima uchun Benavidesni tanlamaganiga izoh berdi

Saul Alvares nima uchun Benavidesni tanlamaganiga izoh berdi

Superoʻrta vazn toifasida mutloq jahon chempioni, meksikalik Saul “Kanelo” Alvares nega raqib sifatida hamyurti Devid Benavidesni emas, amerikalik Terens Kroufordni tanlaganini tushuntirdi.

“Siz Kroufordning karerasiga qaraysiz va Benavidesning karerasiga qaraysiz. Krouford ikki vazn toifasida mutloq jahon chempioni hisoblanadi. Uning qo’l ostida chempionlik uchun ko’plab janglari bor. U bu jangga aynan shu narsani olib keladi. Demak, bu mening hikoyam va faoliyatim uchun juda qimmatli jang”, – deydi Alvaring.

Eslatib o’tamiz, Alvares – Krouford jangi 13 sentyabr kuni Las-Vegasda bo’lib o’tadi. Saul barcha to’rtta chempionlik kamarini himoya qiladi. Terens ham o’z navbatida uch toifada hech kim erisha olmagan mutlaq jahon chempioni bo’lishga harakat qiladi.