09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Sanderlend”ni “Atletiko”ning sobiq himoyachisi Reynildo kuchaytirdi

“Sanderlend”ni “Atletiko”ning sobiq himoyachisi Reynildo kuchaytirdi

Himoyachi Reynildo “Sanderlend”ga erkin agent sifatida qo’shildi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi “qora mushuklar” bilan ikki yillik mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Avvalroq futbolchi “Atletiko Madrid”da o’ynagan va shartnomasi muddati tugagani sababli jamoani tark etgandi.

Reynildo o’tgan klub mavsumida 30 ta o’yinda maydonga tushdi.

O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, “Sanderlend” 76 ochko jamg‘arib, chempionship turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgandi. Ko’tarilish uchun pley-off o’yinlari natijalariga ko’ra jamoa Angliya premier-ligaga chiqishni ta’minladi.