14.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Saina Nehwal va Parupalli Kashyap yetti yillik nikohlariga yakun yasadi

Saina Nehwal va Parupalli Kashyap yetti yillik nikohlariga yakun yasadi

Hindistonlik sobiq jahon raqami birinchi badmintonchi Saina Nehwal — ijtimoiy tarmoqlar orqali badmintonchi Parupalli Kashyap bilan nikohini tugatganini e’lon qildi.

2018-yil dekabrda nikohdan o’tgan juftlik — yetti yillik oilaviy hayotdan so’ng ajralishga qaror qildi.

Nehwal badmintonda ko’plab yutuqlarga erishgan sportchi — jumladan 2009, 2010 va 2012-yillarda Indoneziya Open turnirida g’olib bo’lgan.

Hindistonlik sportchining eng yuqori yutug’i 2012-yilgi London Olimpiadasida bronza medali — shuningdek 2015-yilgi Jahon chempionatida kumush va 2017-yilda bronza medallarini qo’lga kiritgan.