10.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Sabalenka Vondrousovani mag’lub etib, Stinsinnati turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi

Sabalenka Vondrousovani mag’lub etib, Stinsinnati turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi

Belaruslik tennischi Arina Sabalenka Stinstinnatidagi turnirning uchinchi bosqichiga yo’l oldi. U ikkinchi davra uchrashuvida chexiyalik Marketa Vondrousovani 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 1 soat 33 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Sabalenka to’rtta eys amalga oshirdi, ikkita qo’sh xato qildi va uchta breykning uchtasini ochkoga aylantirdi. Vondrousova to’rtta eys amalga oshirdi, to’rtta qo’sh xato qildi va 12 tadan hech qanday breyk yasay olmadi.

Keyingi bosqichda Sabalenka britaniyalik Emma Radukanuga qarshi bahs olib boradi.

Stinstinnatidagi turnir 7-18 avgust kunlari bo’lib o’tadi. Turnirning umumiy mukofot jamg’armasi 5,1 million dollarni tashkil qiladi.