17.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Sabalenka US Openga tayyorgarlik uchun National Bank Opendan voz kechdi

Sabalenka US Openga tayyorgarlik uchun National Bank Opendan voz kechdi

Dunyo reytingining peshqadam tennischisi Aryna Sabalenka National Bank Open turniridan voz kechganini e’lon qildi — bu qaror US Open unvonini himoya qilish oldidan qo’shimcha dam olish uchun qabul qilindi.

“Men Shimoliy Amerika qattiq kort mavsumini boshlashni intiqlik bilan kutmoqdaman, ammo bu mavsumda o’zimga eng yaxshi imkoniyatni berish uchun Monrealni o’tkazib yuborish men uchun eng to’g’ri qaror deb o’ylayman,” deya ta’kidladi Sabalenka.

Yaqinda Uimbldon yarim finaliga chiqib, Amanda Anisimovaga yutqazgan tennischi — avgust oyining oxirida boshlanadigan US Opendan oldin Sinsinati Openda maydonga qaytishi kutilmoqda.

27 iyulda boshlanadigan turnir Sabalenkadan tashqari, jarohat tufayli musobaqadan chetlashgan jahon reytingining 10-raqami Paula Badosadan ham mahrum bo’ldi. Caty McNally va Moyuka Uchijima asosiy turnirda ularning o’rnini egallaydi.

-->