10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Sabalenka Uimbldon-2025 yarim finalida dunyoning 12-raqamli Anisimovaga yutqazdi

Sabalenka Uimbldon-2025 yarim finalida dunyoning 12-raqamli Anisimovaga yutqazdi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sabalenka 2025-yilgi Uimbldonning ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari yarim finalida dunyoning 12-raqamli amerikalik Amanda Anisimovaga imkoniyatni boy berdi. 2 soat 38 daqiqa davom etgan bahs 6:4, 4:6, 6:4 hisobida Anisimova foydasiga hal bo’ldi.

Uchrashuv davomida Sabalenka oltita eysni bajardi, to’rtta dabl xatoni amalga oshirdi va 14 ta breyk-poyntining uchtasini ochkoga aylantirdi. Anisimova ikkita eys, beshta qo’sh xato va sakkizta breyk-poyntning uchtasini yuta oldi.

Finalda Anisimova Belinda Benchich (Shveysariya) – Iga Shviantek (Polsha, 8) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.