11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Runi Barji bugun “Barselona” bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga uchadi – Romano

Runi Barji bugun “Barselona” bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga uchadi – Romano

Daniyaning “Kopengagen” klubining shvetsiyalik hujumchisi Runi Barji “Barselona” bilan shartnoma imzolash uchun bugun, 11 iyul kuni “Barselona”ga (Ispaniya) yetib boradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) xabar berdi.

“Kopengagen bilan bir necha hafta oldin 2 million yevrodan ko‘proq mablag‘ga kelishuvga erishildi va tibbiy ko‘rik yakunlanish arafasida”, deb yozadi Romano.

Daniya Superligasining 2024/2025 yilgi mavsumida 19 yoshli Runi Barji beshta o’yin o’tkazdi. U Daniya kubogida ham bitta o’yin o’tkazdi. Futbolchi gol urmagan. Transfermarkt uning bozor narxini 7,5 million yevroga baholamoqda.