19.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ronalduning Al Nasr jamoasi Saudiya Arabistoni Superkubogi finaliga chiqdi

Ronalduning Al Nasr jamoasi Saudiya Arabistoni Superkubogi finaliga chiqdi

Saudiya Arabistoni Superkubogi bahsida “An-Nasr” “Al-Ittihod”ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi. Uchrashuv Gonkongda o’tdi va bahs 2:1 hisobida yakunlandi.

“Al-Nasr” safida Krishtianu Ronaldu assistentlik qilgan Sadio Mane 10 -daqiqa va Joau Feliks 61- daqiqada gol urishdi. “Al-Ittihod” safida Stiven Bergveyn 16 – daqiqada gol urdi. 25 -daqiqadan boshlab Mane qizil kartochka olganidan so’ng, Ronaldu jamoasi bir futbolchi kam bo’lib o’ynashga majbur bo’ldi.

66-daqiqada Feliksning yana bir goli VAR tekshiruvidan so’ng bekor qilindi.

Ronalduning “Real”dagi sobiq jamoadoshi Karim Benzema “Al-Ittihod” safida ilk daqiqalardanoq maydonga tushdi.

Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida “Al-Nasr” “Al-Qadisiya” – “Al-Ahli” uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.