09.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ronaldu Oltin to’pni soxta mukofot deb atadi

Ronaldu Oltin to’pni soxta mukofot deb atadi

Portugaliya terma jamoasi va “Al Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini uning fikricha kim oladi, degan savolga javob berdi.

Bu yilgi Oltin to’p? Menimcha, xayoliy mukofot», — deya 40 yoshli forvardning so’zlarini keltiradi Al Nasr Zone X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida.

Ronaldu “Oltin to’p”ning besh karra sohibi. Undan ko’proq bu sovrinni faqat Argentina va “Inter” hujumchisi Lionel Messi (8) olgan.

Ronaldu 2023 yilning yanvaridan buyon “Al Nasr”da o’ynamoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 12 million yevroni tashkil qiladi.