05.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ronaldu Germaniyani yengib, Portugaliyani millatlar ligasi finaliga olib chiqdi

Ronaldu Germaniyani yengib, Portugaliyani millatlar ligasi finaliga olib chiqdi

Kristianu Ronaldu Allianz Arenada o’tkazilgan UEFA millatlar ligasi yarim final o’yinida Portugaliyani Germaniya ustidan 2:1 hisobidagi g’alabaga boshlab berdi.

Mezbon jamoa Florian Virtz goli bilan 48-daqiqada hisobni ochdi. Ammo Portugaliya ikkinchi bo’limda o’rtalarida o’zini o’nglab oldi.

Francisko Konseysao 63-daqiqada hisobni tenglashtirib qo’ydi, besh daqiqadan so’ng esa Kristianu Ronaldu jarima maydonida aniq zarba bilan Portugaliya jamoasining g’alabasini ta’minladi.

“Mukammal,” deya qisqa izoh berdi Ronaldu o’yin yakunida.

Ushbu g’alaba Portugaliyani 2024-2025 yilgi UEFA millatlar ligasi finaliga olib chiqdi.

-->