08.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ronaldu 2025 yilgi Klublar jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi

Ronaldu 2025 yilgi Klublar jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi

Kristianu Ronaldu 2025 yilgi Klublar jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qildi — bu bayonot UEFA Millatlari ligasi finalidan oldin Ispaniyaga qarshi o’yin oldidan berildi.

40 yoshli Al-Nasr sardori Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasi bir necha haftadan so’ng aniqrog’i 2025-yil iyun oyining oxirida yakunlanadi.

Turli mamlakatlardan klublar ushbu turnir uchun qiziqish bildirganiga qaramay, Ronaldu 15 iyundan 14 iyulgacha bo’lib o’tadigan musobaqada ishtirok etmaslik qarorida qat’iy turibdi.

Saudiya Arabistoni ligasi va Braziliya klublaridan takliflar bo’lishiga qaramay portugaliyalik yulduz Al-Nasr bilan shartnomani uzaytirish bo’yicha hech qanday belgilar ko’rinmayapti.

-->