18.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ronaldo Al Nassrdan Liverpul yulduzini sotib olishni so’radi

Ronaldo Al Nassrdan Liverpul yulduzini sotib olishni so’radi

Fichajesning xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu Al Nassr rahbariyatiga Liverpul qanotchisi Luis Diazni transfer qilishni tavsiya qilgan.

Saudiya Arabistoni klubi yozgi mavsumda Jon Duranni Fenerbaxchega ijaraga bergandan so’ng — kolumbiyalik o’yinchining maydondan tashqaridagi moslashuv muammolari tufayli yangi hujumchiga muhtoj.

Luis Diaz Al Nassrning hujum chizig’idagi bo’shliqni to’ldirish uchun asosiy nomzod hisoblanadi — u hozirda eng yaxshi qanotchilardan biri sifatida tan olingan.

Biroq, Liverpul yulduzining imzosini olish oson bo’lmaydi — chunki u Angliya Premier-ligasidagi klubning asosiy o’yinchisi hisoblanadi.

-->