10.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Romano: Milan Xoylundni Manchester Yunayteddan 6 million evroga ijaraga olishga tayyor

Romano: Milan Xoylundni Manchester Yunayteddan 6 million evroga ijaraga olishga tayyor

Italiyaning «Milan» jamoasi «Manchester Yunayted» hujumchisi Rasmus Xoylund bilan shartnoma shartlarini vositachilar orqali muhokama qilishni boshladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 22 yoshli forvardni 6 million yevroga ijaraga olishga va shartnomaga futbolchini 45 million yevroga sotib olish imkoniyati haqidagi bandni kiritishga tayyor. Italiya grandi daniyalikning kelasi mavsumdagi maoshini ham to’liq qoplashga tayyor.

Ta’kidlanishicha, Xojlundning o’zi “qizil iblislar”ni tark etishni istamaydi.

Hujumchi 2023 yilning yozidan buyon mankunianliklar safida to’p surmoqda.Bu davrda u barcha turnirlarda 95ta o’yinda qatnashib, 26ta gol urgan va 6ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.