09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Romano “Manchester Yunayted” nima uchun Osimhen kelishuvini rad etganini tushuntirdi

Romano “Manchester Yunayted” nima uchun Osimhen kelishuvini rad etganini tushuntirdi

Italiyalik taniqli insayder Fabritsio Romano “Manchester Yunayted” o’tgan mavsumni “Galatasaroy”da ijara asosida o’tkazgan “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenni transfer qilishdan bosh tortishi sababini aytdi. Oldinroq OAV nigeriyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan 5 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Viktor Osimxen “Manchester Yunayted” va boshqa ingliz klublarining xohishiga qaramay, hech qachon maosh talabini pasaytirmoqchi emasdi. Osimxen uchun bu qabul qilib bo’lmas edi.

Osimhen “Galatasaroy”da doim baxtli edi. Endi “Galatasaroy” Osimhen bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi va uni 2029 yilgacha uzaytirish huquqiga ega.

“Galatasaroy” “Napoli” bilan muzokaralar olib bormoqda. 50 million yevro+5 million taklif rad etildi. 60 million yevrolik taklif rad etildi. “Napoli” sotib olish sharti bilan 75 million evro talab qilmoqda va “Al-Hilol” futbolchi uchun to’lashga tayyorligini aytdi.

Ammo futbolchining “Al-Hilol” bilan emas, “Galatasaroy” bilan shartnomasi bor. Shu sababli “Napoli” qimmatroq narxni talab qilmoqda, biroq “Galatasaroy” Osimhen uchun favorit hisoblanmoqda va muzokaralar davom etmoqda”, — dedi Romano YouTube’dagi kanalida.