11.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Roman Abramovich Stemford Bridjga vidolashuv uchun qaytmoqchi

Roman Abramovich Stemford Bridjga vidolashuv uchun qaytmoqchi

Reuters xabar berishicha, uch yil oldin sanksiyaga uchragan Chelsining sobiq egasi Roman Abramovich — Stemford Bridjga munosib xayrlashuv uchun qaytish istagini bildirdi.

Bu yilning boshida Abu-Dabida Nick Purewalning “Sanctioned” kitobi uchun bergan intervyusida 58 yoshli milliarder ta’kidladikim — u futbolda professional rolga qaytishdan manfaatdor emas.

“Balki bir kun kelib o’yin ko’rish va munosib xayrlashish imkoniyati tug’ilar, lekin bundan ortiq emas,” deya ta’kidladi Abramovich.

Shu bilan birga, Britaniya hukumati klub sotuvidan tushgan 2.5 milliard funt sterling mablag’ni Ukraina gumanitar yordamiga yo’naltirishni ta’minlash uchun sud jarayoniga tahdid qilmoqda — bu Abramovichning urush qurbonlariga yordam berish istagiga zid.

2003 yildan 2022 yilgacha Abramovich rahbarligida Chelsi quyidagi nufuzli sovrinlarni qo’lga kiritdi:

  • 5 ta Angliya Premer-ligasi
  • 5 ta FA Kubogi
  • 2 ta Chempionlar ligasi
  • 2 ta Yevropa ligasi
-->