11.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Roma Sanchoga qiziqmoqda, Gasperini esa uni tarkibga kiritmoqchi – Football Italia

Roma Sanchoga qiziqmoqda, Gasperini esa uni tarkibga kiritmoqchi – Football Italia

“Roma” “Manchester Yunayted” vingeri Jeydon Sanchoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko’ra, Italiya klubi futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun “Manchester Yunayted” bilan bog’langan. Rimliklar futbolchi vakillari bilan faol aloqada bo’lib, vaziyat haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishdi. Qayd etilishicha, Sancho bosh murabbiy Jan Pero Gasperiniga, ehtimol, “Roma”ning hozirgi da’vogarlar ro’yxatidagi boshqa hujum variantlaridan ham ko’proq yoqadi, ammo futbolchining o’zi qanday qaror qabul qilishi hozircha noma’lum.

O’tgan mavsumda Sancho “Chelsi”da ijara asosida o’ynadi. U barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 28 million yevroni tashkil qiladi.