09.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Roma o‘rtoqlik uchrashuvida Evertonni mag‘lub etdi

Roma o‘rtoqlik uchrashuvida Evertonni mag‘lub etdi

Italiyaning “Roma” klubi o‘rtoqlik uchrashuvida Angliyaning “Everton” klubini mag‘lub etdi. Liverpuldagi uchrashuv rimliklarning 1:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 70-daqiqada argentinalik hujumchi Matias Soule tomonidan kiritildi.

23 avgust kuni Italiya chempionatining 1-turida “Roma” o‘z maydonida “Bolonya”ni qabul qiladi. “Everton” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumdagi ilk o’yinida “Lids” mehmoni bo’ladi, uchrashuv 18 avgust kuni bo’lib o’tadi.

Ushbu yozda “Roma”ni Klaudio Ranerining o’rniga “Atalanta”ning sobiq bosh murabbiyi Jan Per Gasperini kelgan edi. “Everton”ni 2025 yilning yanvaridan buyon shotlandiyalik Devid Moyes boshqarib kelmoqda.