14.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Realning yangi futbolchisi Mastantuono Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi

Realning yangi futbolchisi Mastantuono Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi

“Real”ning yangi futbolchisi Franko Mastantuono kimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishi haqidagi savolga javob berdi.

18 yoshli argentinalik futbolchi 14 avgust kuni “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi.

“Men uchun bu Messi. Men argentinalikman, men uchun esa u eng zo’r”, – deya Mastantuono so’zlarini keltiradi AS.

Mastantuono avvalroq Madrid klubi bilan 2031-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolagan edi. “River Pleyt”ning transferi 45 million yevroga teng edi.

Yarim himoyachi “River Pleyt” safida 62 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million yevroga baholamoqda.